LOYIHA HAQIDA

O'zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) loyihasi o'zbek madaniyatiga doir realiyalarning ishonchli ma'lumotlarini o'z ichiga olgan o'zbek va ingliz tilidagi maqolalardan iborat yirik platforma tayyorlash va ushbu maqolalarni parallel ravishda WIKIPEDIA elektron ensiklopediyasiga yuklab borish vazifasini bajaradi. Jahon Internet tarmog‘ida milliy qadriyatlarimiz, xalqimiz o‘zligini anglatuvchi tushunchalar va atamalarning bazasini yaratish orqali jahon afkor ommasi va o‘z navbatida o‘sib kelayotgan yurtimiz yoshlari uchun xalqimiz ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarini, shu jumladan ona tilimizni o‘rganishga sharoit yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash, Internet tarmog‘ida o‘zbek tilidagi kontentni ko‘paytirish barobarida davlat tili rivojiga hissa qo‘shish, o‘zbek xalqining urf-odatlari, an’analari, tarixi, milliy qahramonlari, madaniyatiga doir ma’lumotlarni targ‘ib etish, yurtimizga tashrif buyurishni niyat qilgan xorijiy sayyohlar uchun mamlakatimiz haqida oldindan tasavvurga ega bo‘lishlari uchun sharoit yaratish, O‘zbekistonni dunyoga tanishtirish hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etishning muqobil yo‘nalishlarini ishlab chiqish ushbu loyihadan ko'zlangan asosiy maqsaddir.Milliy o‘zligimizga doir maqolalar yaratish, ularni jahon Internet tarmog‘iga tizimli joylab borish mamlakatning xalqaro imidji, investitsion va turizm salohiyatini dunyoga tanitish uchun bir omil bo‘la oladi.

Nozliya Normurodova

Loyiha rahbari: Normurodova Nozliya Zarilovna

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari doktori, professor

Xalqaro Erasmus+ eksperti, 7 ta xaqlaro loyiha koordinatori, 3 ta xalqaro loyiha g‘olibasi, 2 ta mahalliy loyiha g‘olibasi,

150 dan ortiq maqolalar muallifi, 3 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi

Gulyamova Ozoda Shavkatovna

Tarjimon: Gulyamova Ozoda Shavkatovna

Ingliz filologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Xaqlaro Erasmus+ loiyhasining ishtirokchisi 1 ta xaqlaro loyiha ishtirokchisi 2 ta mahalliy loyiha ishtirokchisi 30 dan ortiq maqolalar muallifi

Obidjonova Masuma Qosimjon qizi

Maqolalar muallifi, matnlar muharriri: Obidjonova Masuma Qosimjon qizi

Universitet Matbuot kotibi Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

20 dan ortiq maqolalar muallifi

Hakimova Zuhra Bahodirovna

Tarjimon: Hakimova Zuhra Bahodirovna

Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi

Uzbek for writers” xalqaro loyihasi rahbari; Mahalliy loyiha a’zosi; 10 dan ortiq xalqaro etirof etilgan jurnallarda chop etilgan maqaolalar muallifi

Olimjanov Orifjon Odiljon oʻgʻli

Maqolalar muallifi, matnlar muharriri: Olimjanov Orifjon Odiljon oʻgʻli

Adabiyotshunoslik (o‘zbek adabiyoti) yo‘nalishi magistri)

Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori; Ijod maktablari uchun yozilgan 8,9,10-sinf Adabiyot darsligi muallifi

Umarova Sohiba Zakirovna

Maqolalar muallifi: Umarova Sohiba Zakirovna

O‘zbek filologiyasi o‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi v.b.dotsenti

2 mahalliy loyiha ishtirokchisi 70dan ortiq maqolalar muallifi. 2 ta monografiya, 1 ta o‘quv va 1 ta uslubiy qo‘llanma muallifi

Qazaqova Nozima Аbdulboqiyevna

Maqolalar muallifi: Qazaqova Nozima Аbdulboqiyevna

Namangan davlat universiteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

50 dan ortiq maqolalar muallifi 1 ta monografiya, 2 ta uslubiy qo‘llanma muallifi